AHMADJON INOMJONOVАҲМАДЖОН ИНОМЖОНОВ
05. 03. 1931, Uchqo‘rg‘on shahri05. 03. 1931, Учқўрғон шаҳри
(05. 03. 1931, Uchqo‘rg‘on shahri) — veterinar vrach, To‘raqo‘rg‘on tumanida davolovchi va katta veterinar vrach (1955-57), Uchqo‘rg‘on tumanida katta veterinar vrach (1957-68, 1986-93), viloyat veterinariya bo‘limi boshlig‘i (1970, 1971) viloyat partiya qo‘mitasida yo‘riqchi (1971-74), viloyat davlat xo‘jaliklari tresti direktor muovini bo‘lib ishlagan. Viloyat va tumanda chorvachilikni rivojlantirishda qo‘shgan hissalari uchun qator faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Ahmadjon Inomjonov faqat tumanda emas, balki viloyatda ham chorvachilikni rivojlantirishda, bu sohada turli kasalliklarni bartaraf etishda salmoqli ulush qo‘shgan mohir mutaxassis, tajribali tashkilotchidir.
(05. 03. 1931, Учқўрғон шаҳри) — ветеринар врач, Тўрақўрғон туманида даволовчи ва катта ветеринар врач (1955-57), Учқўрғон туманида катта ветеринар врач (1957-68, 1986-93), вилоят ветеринария бўлими бошлиғи (1970, 1971) вилоят партия қўмитасида йўриқчи (1971-74), вилоят давлат хўжаликлари трести директор муовини бўлиб ишлаган. Вилоят ва туманда чорвачиликни ривожлантиришда қўшган ҳиссалари учун қатор фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Аҳмаджон Иномжонов фақат туманда эмас, балки вилоятда ҳам чорвачиликни ривожлантиришда, бу соҳада турли касалликларни бартараф этишда салмоқли улуш қўшган моҳир мутахассис, тажрибали ташкилотчидир.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.