AHMAD KARIMOVАҲМАД КАРИМОВ
1914, Namangan shahri1914, Наманган шаҳри
◎(1914, Namangan shahri) — muallim, firqa xodimi. Mehnat faoliyatini Namangan shahri xalq ta’limi bo‘limida kotiblikdan boshlagan (1934). 1935 yildan Uchqo‘rg‘onda Qayqidagi 8-maktabda o‘qituvchi (1935-37) tuman yoshlar ittifoqi qo‘mitasi 1-kotibi (1937-38), xalq ta’limi bo‘limi mudiri (1939-42), tuman ijroqo‘mida mas’ul xodim (1942-44), tuman firqa qo‘mitasi bo‘limi mudiri va tuman gazetasi muharriri (1944-54). Oliy firqa maktabini bitirgach (1954-57), 1957-70 yillarda yana tuman firqa qo‘mitasi bo‘limi mudiri «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida firqa qo‘mitasi kotibi tuman qishloq xo‘jaligi xodimlari kasaba uyushmasi raisi vazifalarida ishlab, tuman iqtisodi va madaniyatini rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan. Ko‘p yillik xizmatlari «Shuhrat», «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun», «Shavkatli mehnati uchun» medallari, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
(1914, Наманган шаҳри) — муаллим, фирқа ходими. Меҳнат фаолиятини Наманган шаҳри халқ таълими бўлимида котибликдан бошлаган (1934). 1935 йилдан Учқўрғонда Қайқидаги 8-мактабда ўқитувчи (1935-37) туман ёшлар иттифоқи қўмитаси 1-котиби (1937-38), халқ таълими бўлими мудири (1939-42), туман ижроқўмида масъул ходим (1942-44), туман фирқа қўмитаси бўлими мудири ва туман газетаси муҳаррири (1944-54). Олий фирқа мактабини битиргач (1954-57), 1957-70 йилларда яна туман фирқа қўмитаси бўлими мудири «Учқўрғон» давлат хўжалигида фирқа қўмитаси котиби туман қишлоқ хўжалиги ходимлари касаба уюшмаси раиси вазифаларида ишлаб, туман иқтисоди ва маданиятини ривожлантиришда катта ҳисса қўшган. Кўп йиллик хизматлари «Шуҳрат», «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун», «Шавкатли меҳнати учун» медаллари, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.