UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

AHMADJON G‘AFUROVАҲМАДЖОН ҒАФУРОВ

05. 05. 1911, Chust tumani Qarjidon qishlog‘i05. 05. 1911, Чуст тумани Қаржидон қишлоғи

АҲМАДЖОН ҒАФУРОВ
(05. 05. 1911, Chust tumani Qarjidon qishlog‘i) — agronom. Fashist Germaniyasiga qarshi urush qatnashchisi. 1932 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatib, Chust tumani MTSida agronom, bosh agronom bo‘lib ishlagan. 1936 yildan to 1942 yilgacha, Uchqo‘rg‘on tumani MTSining bosh agronomi, 1942 yildan urush oxirigacha harakatdagi armiyada. Urushdan keyin Uchqo‘rg‘on tumani MTSida, Lenin nomli davlat xo‘jaligida, tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasida, Uchqo‘rg‘on davlat xo‘jaligida agronom, bo‘lim boshlig‘i va boshqa vazifalarda ishlagan. Urushda (4 marta yarador bo‘lgan) ko‘rsatgan jasoratlari uchun «Vatan urushi», «Qizil yulduz», «Berlinni olishda ishtirok etganligi uchun», «Pragani ozod qilishda qatnashgani uchun» va O‘zbekiston respublikasining «Jasorat» orden va medallari bilan, xo‘jalikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun «Mehnat qizil bayroq» va «Hurmat belgisi» ordenlari bilan taqdirlangan. 1970 yildan mehnat faxriysi.
(05. 05. 1911, Чуст тумани Қаржидон қишлоғи) — агроном. Фашист Германиясига қарши уруш қатнашчиси. 1932 йилда Самарқанд қишлоқ хўжалиги институтини тугатиб, Чуст тумани МТСида агроном, бош агроном бўлиб ишлаган. 1936 йилдан то 1942 йилгача, Учқўрғон тумани МТСининг бош агрономи, 1942 йилдан уруш охиригача ҳаракатдаги армияда. Урушдан кейин Учқўрғон тумани МТСида, Ленин номли давлат хўжалигида, туман қишлоқ хўжалиги бошқармасида, Учқўрғон давлат хўжалигида агроном, бўлим бошлиғи ва бошқа вазифаларда ишлаган. Урушда (4 марта ярадор бўлган) кўрсатган жасоратлари учун «Ватан уруши», «Қизил юлдуз», «Берлинни олишда иштирок этганлиги учун», «Прагани озод қилишда қатнашгани учун» ва Ўзбекистон республикасининг «Жасорат» орден ва медаллари билан, хўжаликни ривожлантиришдаги хизматлари учун «Меҳнат қизил байроқ» ва «Ҳурмат белгиси» орденлари билан тақдирланган. 1970 йилдан меҳнат фахрийси.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.