UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

BOYDADA INOMOVБОЙДАДА ИНОМОВ

1910, Chortoq tumani, Qorosqon qishlog‘i — 08. 01. 1977, Namangan shahri1910, Чортоқ тумани, Қоросқон қишлоғи — 08. 01. 1977, Наманган шаҳри

◎
(1910, Chortoq tumani, Qorosqon qishlog‘i — 08. 01. 1977, Namangan shahri) — rahbar xodim. 1938 yildan 1942 yilgacha Uchqo‘rg‘on tumani firqa qo‘mitasining 2-kotibi, rayijroqo‘m raisi vazifasida ishlagan. 1941—44 yillarda fashist Germaniyasiga qarshi urush qatnashchisi. 1944 yilda qattiq yarador bo‘lganligi tufayli qaytib keldi, davolangach, 1952 yilgacha Uchqo‘rg‘on tumani rayijroqo‘mi raisi bo‘lib, Namangan shahri, Namangan tumani firqa qo‘mitasida, ijroqo‘mida va boshqa mas’uliyatli lavozimlarda ishladi. Uchqo‘rg‘onda Katta Farg‘ona kanali qurilishi, urushdan keyingi tiklanish davrida xo‘jalik izga solish, iqtisodni rivojlantirish, maorif va madaniyat taraqqiyoti Boydada Inomov nomi bilan bog‘liq. Urushdagi jasoratlari «Shuhrat» ordeni, «Jangovar xizmatlari uchun» va boshqa medallar, tinchlik davridagi xizmatlari «Hurmat belgisi» ordeni, medallar faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Boydada Inomov Namangan shahri «Labbay tog‘a» qabristoniga dafn etilgan.
(1910, Чортоқ тумани, Қоросқон қишлоғи — 08. 01. 1977, Наманган шаҳри) — раҳбар ходим. 1938 йилдан 1942 йилгача Учқўрғон тумани фирқа қўмитасининг 2-котиби, райижроқўм раиси вазифасида ишлаган. 1941—44 йилларда фашист Германиясига қарши уруш қатнашчиси. 1944 йилда қаттиқ ярадор бўлганлиги туфайли қайтиб келди, даволангач, 1952 йилгача Учқўрғон тумани райижроқўми раиси бўлиб, Наманган шаҳри, Наманган тумани фирқа қўмитасида, ижроқўмида ва бошқа масъулиятли лавозимларда ишлади. Учқўрғонда Катта Фарғона канали қурилиши, урушдан кейинги тикланиш даврида хўжалик изга солиш, иқтисодни ривожлантириш, маориф ва маданият тараққиёти Бойдада Иномов номи билан боғлиқ. Урушдаги жасоратлари «Шуҳрат» ордени, «Жанговар хизматлари учун» ва бошқа медаллар, тинчлик давридаги хизматлари «Ҳурмат белгиси» ордени, медаллар фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Бойдада Иномов Наманган шаҳри «Лаббай тоға» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.