BOYDADA USMONOVБОЙДАДА УСМОНОВ
1926 — 26. V. 1979, Uchqo‘rg‘on1926 — 26. V. 1979, Учқўрғон
(1926 — 26. V. 1979, Uchqo‘rg‘on) — hisobchi, xo‘jalik rahbari. 40-yillarning boshida sobiq Stalin nomli jamoa xo‘jaligida brigada hisobchisi bo‘lib ishlagan. 1947-51 yillarda «Kommuna» jamoa xo‘jaligida hisobchi, 1951-69 yillarda boshqaruv raisi, 1969-70 tuman qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish tashkiloti boshlig‘i. So‘ngra 5-(1970-74) va 79-(1974-78) ta’mirlash-qurilish boshqarmalari, maishiy xizmat korxonasida direktor vazifasida xizmat qilgan. 1978-79 yillarda Uchqo‘rg‘on davlat xo‘jaligi 5-bo‘lim boshqaruvchisi. Ko‘p yillik xizmatlari hukumatning qator ordenlari, medallari, faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. O‘zi rahbarlik qilgan xo‘jalik va tashkilotlarning iqtisodiy jihatdan baquvvat, ilg‘or xo‘jalikka aylantira olgan, barcha sohalar bo‘yicha yillik rejalarni to‘liq bajarishni ta’minlagan, qishloqlarni obodonlashtirish ishlariga bosh-qosh bo‘lgan tajribali rahbar, g‘amxo‘r va mehribon inson edi. Uchqo‘rg‘on «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(1926 — 26. V. 1979, Учқўрғон) — ҳисобчи, хўжалик раҳбари. 40-йилларнинг бошида собиқ Сталин номли жамоа хўжалигида бригада ҳисобчиси бўлиб ишлаган. 1947-51 йилларда «Коммуна» жамоа хўжалигида ҳисобчи, 1951-69 йилларда бошқарув раиси, 1969-70 туман қишлоқ хўжалигини кимёлаштириш ташкилоти бошлиғи. Сўнгра 5-(1970-74) ва 79-(1974-78) таъмирлаш-қурилиш бошқармалари, маиший хизмат корхонасида директор вазифасида хизмат қилган. 1978-79 йилларда Учқўрғон давлат хўжалиги 5-бўлим бошқарувчиси. Кўп йиллик хизматлари ҳукуматнинг қатор орденлари, медаллари, фахрий ёрлиқлари билан тақдирланган. Ўзи раҳбарлик қилган хўжалик ва ташкилотларнинг иқтисодий жиҳатдан бақувват, илғор хўжаликка айлантира олган, барча соҳалар бўйича йиллик режаларни тўлиқ бажаришни таъминлаган, қишлоқларни ободонлаштириш ишларига бош-қош бўлган тажрибали раҳбар, ғамхўр ва меҳрибон инсон эди. Учқўрғон «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.