UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

BURHONIDDIN QOBILOVБУРҲОНИДДИН ҚОБИЛОВ

09. 05. 1927, To‘raqo‘rg‘on tumani Sayram qishlog‘i09. 05. 1927, Тўрақўрғон тумани Сайрам қишлоғи

БУРҲОНИДДИН ҚОБИЛОВ
(09. 05. 1927, To‘raqo‘rg‘on tumani Sayram qishlog‘i) — texnik-mexanik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator (1981), qishloq xo‘jaligi (1982). «Qo‘chqorota» jamoa xo‘jaligida ketmonchi (1942-45), traktorchi (1945-50), brigada mexanigi (1950-63), bosh muhandis (1963-82), paxtachilik brigadasi boshlig‘i (1983-92). Hozir shu erda o‘zi tashkil etgan «Faxriylar bog‘i»da ishlamoqda. Paxtachilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnika vositalarini olib kirishdagi samarali mehnatlari «Mehnat Qizil bayrog‘i» (2 marta) ordeni, «Shavkatli mehnati uchun» medali, musobaqa g‘olibi nishonlari (6 marta), faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
(09. 05. 1927, Тўрақўрғон тумани Сайрам қишлоғи) — техник-механик, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган механизатор (1981), қишлоқ хўжалиги (1982). «Қўчқорота» жамоа хўжалигида кетмончи (1942-45), тракторчи (1945-50), бригада механиги (1950-63), бош муҳандис (1963-82), пахтачилик бригадаси бошлиғи (1983-92). Ҳозир шу ерда ўзи ташкил этган «Фахрийлар боғи»да ишламоқда. Пахтачиликни ривожлантириш, қишлоқ хўжалигига замонавий техника воситаларини олиб киришдаги самарали меҳнатлари «Меҳнат Қизил байроғи» (2 марта) ордени, «Шавкатли меҳнати учун» медали, мусобақа ғолиби нишонлари (6 марта), фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.