UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

DADAXON QO‘ChQOROVДАДАХОН ҚЎЧҚОРОВ

1916-1976, Uchqo‘rg‘on1916-1976, Учқўрғон

ДАДАХОН ҚЎЧҚОРОВ
(1916-1976, Uchqo‘rg‘on) — agronom-pillachi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom. 1938 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi texnikumini bitirgach, Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlarida ipakchilik agronomi bo‘lib ishlagan. 1940 yilda o‘z xohishi bilan harbiy xizmatga ketib, 1946 yilda qaytib keldi. 1946 yildan umrining oxirigacha Uchqo‘rg‘on tumanida pillachilik bosh agronomi va markaziy pillaxona direktori bo‘lib mehnat qildi. Urush davridagi jangovar xizmatlari «Vatan urushi» ordeni, «Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun» va boshqa medallar, tinchlik paytidagi mehnatlari qator medal va faxriy yorliqlar bilan munosib taqdirlangan. Dadaxon Qo‘chqorov tumanda pillachilikni rivojlantirish, sohaga zamonaviy ilm-fan yangiliklarini joriy qilish, pillachilarning zahmatini engillatish borasida uzoq vaqt samarali mehnat qilgan inson edi. Uchqo‘rg‘ondagi «Birodarlik» qabristonida dafn etilgan.
(1916-1976, Учқўрғон) — агроном-пиллачи. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган агроном. 1938 йилда Андижон қишлоқ хўжалиги техникумини битиргач, Норин ва Учқўрғон туманларида ипакчилик агрономи бўлиб ишлаган. 1940 йилда ўз хоҳиши билан ҳарбий хизматга кетиб, 1946 йилда қайтиб келди. 1946 йилдан умрининг охиригача Учқўрғон туманида пиллачилик бош агрономи ва марказий пиллахона директори бўлиб меҳнат қилди. Уруш давридаги жанговар хизматлари «Ватан уруши» ордени, «Германия устидан қозонилган ғалаба учун» ва бошқа медаллар, тинчлик пайтидаги меҳнатлари қатор медал ва фахрий ёрлиқлар билан муносиб тақдирланган. Дадахон Қўчқоров туманда пиллачиликни ривожлантириш, соҳага замонавий илм-фан янгиликларини жорий қилиш, пиллачиларнинг заҳматини енгиллатиш борасида узоқ вақт самарали меҳнат қилган инсон эди. Учқўрғондаги «Биродарлик» қабристонида дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.