DEHQONBOY NIShONOVДЕҲҚОНБОЙ НИШОНОВ
1905 — 17. 10. 1992, Qayqi1905 — 17. 10. 1992, Қайқи
(1905 — 17. 10. 1992, Qayqi) — dehqon, agronom, xo‘jalik rahbari. Jamoa xo‘jaligi tuzilmasdan avval yakka dehqon, 1937 yildan jamoa xo‘jaligida zveno, brigada boshlig‘i. 1940-54 yillarda «Qizil Kuch», Voroshilov nomli, Oxunboboev nomli, Telman nomli jamoa xo‘jaliklari boshqaruvi raisi. So‘ngra Telman nomli jamoa xo‘jaligida agronom, paxtachilik, bog‘dorchilik, xashak brigadalarining boshlig‘i (1955-66) bo‘lib ishladi. Katta Farg‘ona kanali qurilishlarida ishtirok etib «Mehnat Qizil bayrog‘i» ordeni bilan taqdirlandi. Bundan boshqa qator mukofotlar bilan ham taqdirlangan. Qabri «Qizil Kuch» qabristonida.
(1905 — 17. 10. 1992, Қайқи) — деҳқон, агроном, хўжалик раҳбари. Жамоа хўжалиги тузилмасдан аввал якка деҳқон, 1937 йилдан жамоа хўжалигида звено, бригада бошлиғи. 1940-54 йилларда «Қизил Куч», Ворошилов номли, Охунбобоев номли, Телман номли жамоа хўжаликлари бошқаруви раиси. Сўнгра Телман номли жамоа хўжалигида агроном, пахтачилик, боғдорчилик, хашак бригадаларининг бошлиғи (1955-66) бўлиб ишлади. Катта Фарғона канали қурилишларида иштирок этиб «Меҳнат Қизил байроғи» ордени билан тақдирланди. Бундан бошқа қатор мукофотлар билан ҳам тақдирланган. Қабри «Қизил Куч» қабристонида.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.