UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

DEHQONBOY RAHIMOVДЕҲҚОНБОЙ РАҲИМОВ

15. 08. 1917 — 18. 08. 1972, Qayqi15. 08. 1917 — 18. 08. 1972, Қайқи

ДЕҲҚОНБОЙ РАҲИМОВ
(15. 08. 1917 — 18. 08. 1972, Qayqi) — hisobchi, xo‘jalik rahbari. 1930 yildan kolxozchi bo‘lib ishlagan. 1939-43 yillarda harbiy xizmatda urush qatnashchisi. 1949-72 yillarda Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaligida boshqaruv raisi. Tumanda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq aholisi turmush sharoitini yaxshilash, hosildorlikni oshirishda katta xizmatlari bor. Ko‘plab zamonaviy uy-joy va ishlab chiqarish inshootlarining barpo etilishi Dehqonboy Rahimovning nomi bilan bog‘liq. Ko‘p yillik xizmatlari va frontdagi jasoratlari uchun «Lenin» va «Hurmat belgisi» ordenlari, medallar, 15 ta faxriy yorliq bilan mukofotlangan. Qayqi qabristoniga dafn etilgan.
(15. 08. 1917 — 18. 08. 1972, Қайқи) — ҳисобчи, хўжалик раҳбари. 1930 йилдан колхозчи бўлиб ишлаган. 1939-43 йилларда ҳарбий хизматда уруш қатнашчиси. 1949-72 йилларда Охунбобоев номли жамоа хўжалигида бошқарув раиси. Туманда қишлоқ хўжалигини ривожлантириш, қишлоқ аҳолиси турмуш шароитини яхшилаш, ҳосилдорликни оширишда катта хизматлари бор. Кўплаб замонавий уй-жой ва ишлаб чиқариш иншоотларининг барпо этилиши Деҳқонбой Раҳимовнинг номи билан боғлиқ. Кўп йиллик хизматлари ва фронтдаги жасоратлари учун «Ленин» ва «Ҳурмат белгиси» орденлари, медаллар, 15 та фахрий ёрлиқ билан мукофотланган. Қайқи қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.