DILBAR BONU (HAYDAROVA)ДИЛБАР БОНУ (ҲАЙДАРОВА)
12. 02. 1952, Kattamo‘g‘ul12. 02. 1952, Каттамўғул
(12. 02. 1952, Kattamo‘g‘ul) — shoira. 1977 yilda Namangan pedagogika institutini, 1982 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomli jahon adabiyoti oliygohini tugatgan. Uchqo‘rg‘on suv xo‘jaligi boshqarmasida texnik-injener (1977-82), Toshkent G‘. G‘ulom nomli adabiyot muzeyida (1982-84), O‘zbekiston televideniesida (1985-94), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida etakchi muharrir (1994). «Namanganfilm» studiyasida direktor 1994 yildan. Vaqtli matbuotda 1973 yildan o‘z she’rlari bilan qatnasha boshlagan. «Norin mavjlari» (1980), «Ko‘klam qizi» (1983), «Ishq so‘qmog‘i» (1991) she’riy kitoblari chop etilgan. «Gullar na’rasi» to‘plami chop etilmoqda. Dilbar Bonu 1994 yildan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi.
(12. 02. 1952, Каттамўғул) — шоира. 1977 йилда Наманган педагогика институтини, 1982 йилда Москвадаги М. Горький номли жаҳон адабиёти олийгоҳини тугатган. Учқўрғон сув хўжалиги бошқармасида техник-инженер (1977-82), Тошкент Ғ. Ғулом номли адабиёт музейида (1982-84), Ўзбекистон телевидениесида (1985-94), Ўзбекистон ёзувчилар уюшмасида етакчи муҳаррир (1994). «Наманганфильм» студиясида директор 1994 йилдан. Вақтли матбуотда 1973 йилдан ўз шеърлари билан қатнаша бошлаган. «Норин мавжлари» (1980), «Кўклам қизи» (1983), «Ишқ сўқмоғи» (1991) шеърий китоблари чоп этилган. «Гуллар наъраси» тўплами чоп этилмоқда. Дилбар Бону 1994 йилдан Ўзбекистон ёзувчилар уюшмасининг аъзоси.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.