DILBARXON BOQIEVAДИЛБАРХОН БОҚИЕВА
11. 03. 1942, Qayqi11. 03. 1942, Қайқи
(11. 03. 1942, Qayqi) — chevar, maishiy xizmat a’lochisi. Qayqi qishlog‘ida kutubxonachi (1960-62), 1-o‘rta maktabda o‘qituvchi (1962-64) bo‘lib ishlagan. 1965 yildan Uchqo‘rg‘on maishiy xizmat korxonasida chevar bo‘lib ishlab, shu erdan mehnat faxriyligiga kuzatilgan. «Hurmat belgisi» ordeni, «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun» va boshqa qator medallar, nishonlar, yorliqlar bilan taqdirlangan. Qo‘li gul chevar. Yoshlar murabbiysi, ko‘plab shogirdlar etishtirgan ustoz.
(11. 03. 1942, Қайқи) — чевар, маиший хизмат аълочиси. Қайқи қишлоғида кутубхоначи (1960-62), 1-ўрта мактабда ўқитувчи (1962-64) бўлиб ишлаган. 1965 йилдан Учқўрғон маиший хизмат корхонасида чевар бўлиб ишлаб, шу ердан меҳнат фахрийлигига кузатилган. «Ҳурмат белгиси» ордени, «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун» ва бошқа қатор медаллар, нишонлар, ёрлиқлар билан тақдирланган. Қўли гул чевар. Ёшлар мураббийси, кўплаб шогирдлар етиштирган устоз.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.