UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

YoQUBJON KARIMOVЁҚУБЖОН КАРИМОВ

13. 02. 1927, Qayqi13. 02. 1927, Қайқи

ЁҚУБЖОН КАРИМОВ
(13. 02. 1927, Qayqi) — olim-agronom, xalq maorifi a’lochisi. 1940-57 yillarda Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaligida tabelchi, brigada boshlig‘i, kotib, hisobchi, boshqaruv raisi muovini va boshqa vazifalarda ishladi. So‘ngra «Qayqiobod» (sobiq «Leningrad») jamoa xo‘jaligida boshqaruv raisi (1957-70) «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida direktor bo‘lib xizmat qilgan. «Oktyabr inqilobi», «Mehnat qizil bayroq» (ikki marta), «Hurmat belgisi» ordenlari, 5 ta medal, 5 marta respublika oliy kengashining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. U etakchilik qilgan xo‘jaliklar ko‘p yillar davomida davlat rejalarini ortig‘i bilan bajarib kelgan, a’zolarning turmushi darajasi yaxshilangan, ko‘plab maishiy, ma’muriy, madaniy inshootlar barpo etilgan.
(13. 02. 1927, Қайқи) — олим-агроном, халқ маорифи аълочиси. 1940-57 йилларда Охунбобоев номли жамоа хўжалигида табелчи, бригада бошлиғи, котиб, ҳисобчи, бошқарув раиси муовини ва бошқа вазифаларда ишлади. Сўнгра «Қайқиобод» (собиқ «Ленинград») жамоа хўжалигида бошқарув раиси (1957-70) «Учқўрғон» давлат хўжалигида директор бўлиб хизмат қилган. «Октябр инқилоби», «Меҳнат қизил байроқ» (икки марта), «Ҳурмат белгиси» орденлари, 5 та медал, 5 марта республика олий кенгашининг фахрий ёрлиғи билан тақдирланган. У етакчилик қилган хўжаликлар кўп йиллар давомида давлат режаларини ортиғи билан бажариб келган, аъзоларнинг турмуши даражаси яхшиланган, кўплаб маиший, маъмурий, маданий иншоотлар барпо этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.