UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ZOKIRJON ERGAShEVЗОКИРЖОН ЭРГАШЕВ

1929, Andijon viloyati, Izboskan tumani, Elatan qishlog‘i — 1987, Haqqulobod1929, Андижон вилояти, Избоскан тумани, Элатан қишлоғи — 1987, Ҳаққулобод

ЗОКИРЖОН ЭРГАШЕВ
(1929, Andijon viloyati, Izboskan tumani, Elatan qishlog‘i — 1987, Haqqulobod) — irrigator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator (1972), To‘raqo‘rg‘on suv xo‘jaligi boshqarmasida muhandis (1961-63), 1963 yildan Uchqo‘rg‘onda. Tuman suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i (1963-73), tumanlararo kanallar boshqarmasining boshlig‘i (1973-83). 1983 yildan to umrining oxirigacha Norin tuman suv xo‘jaligi boshqarmasida boshliq bo‘lib ishlagan. «Mehnat qizil bayrog‘i» ordeni, qator medal va nishonlar bilan taqdirlangan. Tuman ekinzorlari meliorativ holatini yaxshilash, kanallar ishi muntazamligini ta’minlashda ulkan xizmatlari bor. Haqqulobod shahar qabristonida dafn etilgan.
(1929, Андижон вилояти, Избоскан тумани, Элатан қишлоғи — 1987, Ҳаққулобод) — ирригатор, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ирригатор (1972), Тўрақўрғон сув хўжалиги бошқармасида муҳандис (1961-63), 1963 йилдан Учқўрғонда. Туман сув хўжалиги бошқармаси бошлиғи (1963-73), туманлараро каналлар бошқармасининг бошлиғи (1973-83). 1983 йилдан то умрининг охиригача Норин туман сув хўжалиги бошқармасида бошлиқ бўлиб ишлаган. «Меҳнат қизил байроғи» ордени, қатор медал ва нишонлар билан тақдирланган. Туман экинзорлари мелиоратив ҳолатини яхшилаш, каналлар иши мунтазамлигини таъминлашда улкан хизматлари бор. Ҳаққулобод шаҳар қабристонида дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.