UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ZUHRA MIRAHMEDOVAЗУҲРА МИРАҲМЕДОВА

1922, Toshkent shahri1922, Тошкент шаҳри

ЗУҲРА МИРАҲМЕДОВА
(1922, Toshkent shahri) — muallima. Mehnat faoliyatini Qirg‘izistonning Olabuqa tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchilikdan boshlagan (1939), so‘ngra shu maktabda direktor lavozimida ishlagan. 1947-51 yillarda Yangiko‘rg‘on tumani maktablarida o‘qituvchi, direktor, 1951-56 yillarda tuman firqa qo‘mitasida yo‘riqchi, 1961-63 yillarda Andijon viloyati Jalolquduq tumani, Uchqo‘rg‘ondagi 1-o‘rta maktabda o‘qituvchi va ilmiy bo‘lim mudiri, 1957-61 yillarda firqa qo‘mitasi kotibi, 1963-65 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani firqa qo‘mitasi bo‘limi mudiri, 1965-73 yillarda kotib, 1973-78 yillarda Yangier qishloq sho‘rosi raisi vazifalarida mehnat qildi. Tumanda fan, madaniyat, maorif, tibbiyot sohalari taraqqiyotida katta xizmat qilgan. Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalari moddiy bazasini mustahkamlash ishiga bosh-qosh bo‘lgan. «Hurmat belgisi», «Mehnat qizil bayrog‘i» ordenlari, «Shavkatli mehnati uchun» medali va boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.
(1922, Тошкент шаҳри) — муаллима. Меҳнат фаолиятини Қирғизистоннинг Олабуқа туманидаги мактаблардан бирида ўқитувчиликдан бошлаган (1939), сўнгра шу мактабда директор лавозимида ишлаган. 1947-51 йилларда Янгикўрғон тумани мактабларида ўқитувчи, директор, 1951-56 йилларда туман фирқа қўмитасида йўриқчи, 1961-63 йилларда Андижон вилояти Жалолқудуқ тумани, Учқўрғондаги 1-ўрта мактабда ўқитувчи ва илмий бўлим мудири, 1957-61 йилларда фирқа қўмитаси котиби, 1963-65 йилларда Учқўрғон тумани фирқа қўмитаси бўлими мудири, 1965-73 йилларда котиб, 1973-78 йилларда Янгиер қишлоқ шўроси раиси вазифаларида меҳнат қилди. Туманда фан, маданият, маориф, тиббиёт соҳалари тараққиётида катта хизмат қилган. Мактаб ва мактабгача тарбия муассасалари моддий базасини мустаҳкамлаш ишига бош-қош бўлган. «Ҳурмат белгиси», «Меҳнат қизил байроғи» орденлари, «Шавкатли меҳнати учун» медали ва бошқа мукофотлар билан тақдирланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.