IBROHIM ERGAShEVИБРОҲИМ ЭРГАШЕВ
20. 12. 1925, Andijon viloyati, Izboskan tumani, Elatan qishlog‘i — 24. 11. 1987, Uchqo‘rg‘on shahri20. 12. 1925, Андижон вилояти, Избоскан тумани, Элатан қишлоғи — 24. 11. 1987, Учқўрғон шаҳри
(20. 12. 1925, Andijon viloyati, Izboskan tumani, Elatan qishlog‘i — 24. 11. 1987, Uchqo‘rg‘on shahri) — texnik-mexanik, tashkilotchi. 1942 yildan 1958 yilgacha harbiy xizmatda. 1951-53 yillarda «Kommunizm», «Yangiobod» jamoa xo‘jaliklarida partiya qo‘mitasi kotibi, so‘ngra Farg‘ona neft qidiruv tashkilotida (1954), toshko‘mir shahridagi ORS tashkilotida, Uchqo‘rg‘on avtokolonnasida haydovchi bo‘lib ishlagan. 1961-73 yillarda Uchqo‘rg‘on avtokorxonasida direktor, 1973-78 yillarda Chortoq tikuvchilik fabrikasi Uchqo‘rg‘on filiali rahbari, tuman kommunal xo‘jaligi bo‘lim mudiri, tuman hokimiyati qoshidagi balog‘atga etmagan yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri. Riga, Berlin shaharlarini ozod qilishdagi jasoratlari uchun marshal Bagramyanning faxriy yorlig‘iga sazovor bo‘lgan. Uchqo‘rg‘on shahri «Birodarlik» qabristonida dafn etilgan.
(20. 12. 1925, Андижон вилояти, Избоскан тумани, Элатан қишлоғи — 24. 11. 1987, Учқўрғон шаҳри) — техник-механик, ташкилотчи. 1942 йилдан 1958 йилгача ҳарбий хизматда. 1951-53 йилларда «Коммунизм», «Янгиобод» жамоа хўжаликларида партия қўмитаси котиби, сўнгра Фарғона нефть қидирув ташкилотида (1954), тошкўмир шаҳридаги ОРС ташкилотида, Учқўрғон автоколоннасида ҳайдовчи бўлиб ишлаган. 1961-73 йилларда Учқўрғон автокорхонасида директор, 1973-78 йилларда Чортоқ тикувчилик фабрикаси Учқўрғон филиали раҳбари, туман коммунал хўжалиги бўлим мудири, туман ҳокимияти қошидаги балоғатга етмаган ёшлар билан ишлаш бўлими мудири. Рига, Берлин шаҳарларини озод қилишдаги жасоратлари учун маршал Баграмяннинг фахрий ёрлиғига сазовор бўлган. Учқўрғон шаҳри «Биродарлик» қабристонида дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.