INOMJON YO‘LChIEVИНОМЖОН ЙЎЛЧИЕВ
1911 — 03. 03. 1979, Shahrixonchek1911 — 03. 03. 1979, Шаҳрихончек
◎(1911 — 03. 03. 1979, Shahrixonchek) — o‘qituvchi, firqa xo‘jalik xodimi. Mehnat faoliyatini ona qishlog‘ida dehqonchilikdan boshlagan (1925-29). Andijon Muallimlar maktabini bitirgach (1930) Shahrixonchekdagi (1930-33), Qo‘g‘ay qishlog‘idagi maktablarda muallimlik qilgan. 1937 yilda O‘zbekiston oliy komsomol maktabini tugatdi. 1937-39 yillarda maorif inspektori, 1939-42 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani firqa qo‘mitasi yo‘riqchisi, so‘ngra Kalinin nomli (1942), Budyonniy nomli (1942-46), jamoa xo‘jaligi raisi, «Leninchi» jamoa xo‘jaligi raisi o‘rinbosari (1946-48), hosilot va brigadir (1957-67), Qo‘g‘ayo‘lmas qishloq kengashi raisi (1948-53) bosh hisobchisi (1955-56), kotibi (1956-57), Kirov nomli jamoa xo‘jaligi raisi o‘rinbosari (1951-52, 1953-55), 20 va 32-o‘rta maktabda direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha muovini vazifalarida xizmat qilgan. 1971 yildan mehnat faxriysi. Qishloq xo‘jaligining turli sohalarini rivojlantirish, qishloq aholisi turmush sharoitini yaxshilash, obodonchilik, yangi uy-joylar qurish tashkilotchilaridan. Hukumatning qator faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan. Qabri Shahrixonchek qabristonida.
(1911 — 03. 03. 1979, Шаҳрихончек) — ўқитувчи, фирқа хўжалик ходими. Меҳнат фаолиятини она қишлоғида деҳқончиликдан бошлаган (1925-29). Андижон Муаллимлар мактабини битиргач (1930) Шаҳрихончекдаги (1930-33), Қўғай қишлоғидаги мактабларда муаллимлик қилган. 1937 йилда Ўзбекистон олий комсомол мактабини тугатди. 1937-39 йилларда маориф инспектори, 1939-42 йилларда Учқўрғон тумани фирқа қўмитаси йўриқчиси, сўнгра Калинин номли (1942), Будённий номли (1942-46), жамоа хўжалиги раиси, «Ленинчи» жамоа хўжалиги раиси ўринбосари (1946-48), ҳосилот ва бригадир (1957-67), Қўғайўлмас қишлоқ кенгаши раиси (1948-53) бош ҳисобчиси (1955-56), котиби (1956-57), Киров номли жамоа хўжалиги раиси ўринбосари (1951-52, 1953-55), 20 ва 32-ўрта мактабда директорнинг хўжалик ишлари бўйича муовини вазифаларида хизмат қилган. 1971 йилдан меҳнат фахрийси. Қишлоқ хўжалигининг турли соҳаларини ривожлантириш, қишлоқ аҳолиси турмуш шароитини яхшилаш, ободончилик, янги уй-жойлар қуриш ташкилотчиларидан. Ҳукуматнинг қатор фахрий ёрлиқлари билан мукофотланган. Қабри Шаҳрихончек қабристонида.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.