UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

ISMOILJON ERGAShEVИСМОИЛЖОН ЭРГАШЕВ

1948, Uchqo‘rg‘on shahri1948, Учқўрғон шаҳри

ИСМОИЛЖОН ЭРГАШЕВ
(1948, Uchqo‘rg‘on shahri) — muhandis-mexanik. Tuman «Uzselxoztexnika» birlashmasida muhandis-nazoratchi (1972-73), ta’minot bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari, bosh muhandis (1973-79), boshqaruvchi (1980-85), tuman partiya qo‘mitasi sanoat-transport bo‘limi mudiri (1979-80), viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i muovini (1985-86), tuman qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash korxonasi boshqaruvchisi (1986-89), Uchqo‘rg‘on shahar ijroqo‘mi raisi (1989-92), shahar hokimi (1992-94), ta’mirlash zavodi direktori vazifalarida ishlagan. 1994 yildan tuman qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash, Uchqo‘rg‘on shahrida sanoat, madaniy, maishiy binolar qurilishi, shaharni obodonlashtirish, tibbiy xizmat, maorif taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. «Shavkatli mehnati uchun» medali, nishonlar, faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.
(1948, Учқўрғон шаҳри) — муҳандис-механик. Туман «Узсельхозтехника» бирлашмасида муҳандис-назоратчи (1972-73), таъминот бўйича бошқарувчи ўринбосари, бош муҳандис (1973-79), бошқарувчи (1980-85), туман партия қўмитаси саноат-транспорт бўлими мудири (1979-80), вилоят қишлоқ хўжалиги бошқармаси бошлиғи муовини (1985-86), туман қишлоқ хўжалиги техникаларини таъмирлаш корхонаси бошқарувчиси (1986-89), Учқўрғон шаҳар ижроқўми раиси (1989-92), шаҳар ҳокими (1992-94), таъмирлаш заводи директори вазифаларида ишлаган. 1994 йилдан туман қишлоқ хўжалигини замонавий техника билан таъминлаш, Учқўрғон шаҳрида саноат, маданий, маиший бинолар қурилиши, шаҳарни ободонлаштириш, тиббий хизмат, маориф тараққиётига катта ҳисса қўшган. «Шавкатли меҳнати учун» медали, нишонлар, фахрий ёрлиқлар билан мукофотланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.