ISHAQ TETEEVИСҲАҚ ТЕТЕЕВ
1912, Ryazan viloyati, Ivanova qishlog‘i — 12. 11. 1964, Uchqo‘rg‘on shahri1912, Рязан вилояти, Иванова қишлоғи — 12. 11. 1964, Учқўрғон шаҳри
◎(1912, Ryazan viloyati, Ivanova qishlog‘i — 12. 11. 1964, Uchqo‘rg‘on shahri) — iqtisodchi, moliya a’lochisi (1957). Mehnat faoliyatini 1930 yilda boshlagan. 1932 yilda O‘zbekistonga ko‘chib kelgan va Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida xazinabon bo‘lib ishlagan. Toshkentda hisobchilar bilim yurtini tugatgach, Farg‘ona viloyati Xo‘jaobod tumani davlat banki hisob xazinasi mudiri, Andijon banki vakili (1936-38), Paxtaobod tumani bankining (1938-41), Uchqo‘rg‘on tumani bankining (1941-42) bosh hisobchisi, tuman moliya bo‘limining mudiri (1942-44 va 1954-59), tuman ijroqo‘mi raisining muovini (1944-52), Chust tumani moliya bo‘limi mudiri (1952-53), Uchqo‘rg‘on tumani Matlubot jamiyatlari mudiri (1959-60), «Norin» (1960-62), «Uchqo‘rg‘on» (1962-64) davlat xo‘jaligida direktor o‘rinbosari. «Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun», «Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi o‘rnakli xizmatlari uchun» medallari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Qabri Uchqo‘rg‘on shahrida.
(1912, Рязан вилояти, Иванова қишлоғи — 12. 11. 1964, Учқўрғон шаҳри) — иқтисодчи, молия аълочиси (1957). Меҳнат фаолиятини 1930 йилда бошлаган. 1932 йилда Ўзбекистонга кўчиб келган ва Фарғона вилояти Олтиариқ туманида хазинабон бўлиб ишлаган. Тошкентда ҳисобчилар билим юртини тугатгач, Фарғона вилояти Хўжаобод тумани давлат банки ҳисоб хазинаси мудири, Андижон банки вакили (1936-38), Пахтаобод тумани банкининг (1938-41), Учқўрғон тумани банкининг (1941-42) бош ҳисобчиси, туман молия бўлимининг мудири (1942-44 ва 1954-59), туман ижроқўми раисининг муовини (1944-52), Чуст тумани молия бўлими мудири (1952-53), Учқўрғон тумани Матлубот жамиятлари мудири (1959-60), «Норин» (1960-62), «Учқўрғон» (1962-64) давлат хўжалигида директор ўринбосари. «Меҳнатда ўрнак кўрсатганлиги учун», «Улуғ Ватан уруши йилларидаги ўрнакли хизматлари учун» медаллари ва фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Қабри Учқўрғон шаҳрида.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.