UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

YO‘LBARSMIRZA TO‘XTAMIRZAEVЙЎЛБАРСМИРЗА ТЎХТАМИРЗАЕВ

10. 01. 1929, Uchqo‘rg‘on10. 01. 1929, Учқўрғон

ЙЎЛБАРСМИРЗА ТЎХТАМИРЗАЕВ
(10. 01. 1929, Uchqo‘rg‘on) — feldsher, o‘qituvchi, sog‘liqni saqlash xizmati a’lochisi. Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan (1944), Uchqo‘rg‘on tumani sog‘liqni saqlash bo‘limida mudir muovini (1946-51). 1951-54 yillarda armiya xizmatida. 1959 yilda Namangan medisina bilim yurtini bitirgan va shu erda laborant, medpunkt mudiri bo‘lib ishlagan. Uchqo‘rg‘on tumani fuqarolar mudofaasi medisina xizmati shtab boshlig‘i (1960-69), shahar soveti ijroqo‘mi raisi o‘rinbosari (1969-82), shahar madaniyat bo‘limi mudiri (1982-85), 1-o‘rta maktabda o‘qituvchi (1985-89), shahar ijtimoiy yordam bo‘limi mudiri (1989-94), 1994 yildan shahar faxriylar kengashi raisi. O‘zbekiston respublikasi «Shuhrat» medali, sobiq ittifoqning qator medallari bilan taqdirlangan. Yo‘lbarsmirza To‘xtamirzaev o‘z mehnati bilan tumanda sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, ijtimoiy ta’minot va boshqa sohalarni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan.
(10. 01. 1929, Учқўрғон) — фельдшер, ўқитувчи, соғлиқни сақлаш хизмати аълочиси. Меҳнат фаолиятини ўқитувчиликдан бошлаган (1944), Учқўрғон тумани соғлиқни сақлаш бўлимида мудир муовини (1946-51). 1951-54 йилларда армия хизматида. 1959 йилда Наманган медицина билим юртини битирган ва шу ерда лаборант, медпункт мудири бўлиб ишлаган. Учқўрғон тумани фуқаролар мудофааси медицина хизмати штаб бошлиғи (1960-69), шаҳар совети ижроқўми раиси ўринбосари (1969-82), шаҳар маданият бўлими мудири (1982-85), 1-ўрта мактабда ўқитувчи (1985-89), шаҳар ижтимоий ёрдам бўлими мудири (1989-94), 1994 йилдан шаҳар фахрийлар кенгаши раиси. Ўзбекистон республикаси «Шуҳрат» медали, собиқ иттифоқнинг қатор медаллари билан тақдирланган. Йўлбарсмирза Тўхтамирзаев ўз меҳнати билан туманда соғлиқни сақлаш, халқ таълими, ижтимоий таъминот ва бошқа соҳаларни ривожлантиришда муносиб ҳисса қўшган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.