YO‘LDOShALI QO‘LDOShEVЙЎЛДОШАЛИ ҚЎЛДОШЕВ
Tug‘ilgan sana: 19341934
(1934, Pop tumani, Sang qishlog‘i) — olim-agronom, rahbar xodim. Uychi tumanida (1954-55), Zadaryo tumani «Gulob» davlat xo‘jaligida agronom (1955-59), ishchilar qo‘mitasi raisi (1959-62), bosh statist (1962-63); mehnatni rejalashtirish bo‘yicha muhandis (1963-64), Zadaryo tuman firqa qo‘mitasida yo‘riqchi (1964-68), tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i (1968-74), Navoiy nomli (1974-75), «Gigant» (1975-78) jamoa xo‘jaliklari boshqaruvi raisi vazifalarida ishladi. 1978-85 yillarda Uchqo‘rg‘on tumani firqa qo‘mitasining birinchi kotibi. So‘ngra Pop tumani «Pravda» jamoa xo‘jaligi raisi (1985-86), tuman SFK boshlig‘i (1986-91), agrosanoat uyushmasi raisi (1991-92), «Pop» davlat xo‘jaligi (1994 yildan shirkatlar uyushmasi) direktori (1992-94) bo‘lib xizmat qildi. Hozir Pop tumani faxriylar kengashining raisi. Yo‘ldoshali Qo‘ldoshev viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan etuk mutaxassis, tajribali tashkilotchi sifatida ma’lum. U Uchqo‘rg‘on tumaniga rahbarlik qilgan paytlar Norin daryosi bo‘yidagi choyxona — restoran, shu manzildan Qirg‘iz bozoriga olib boruvchi yo‘l, temir yo‘l usti ko‘prigi, shahar madaniyat saroyi, don mahsulotlari korxonasi, o‘nlab ma’muriy bino, maktab, yog‘ zavodi, suv inshootlari tizimi, klublar, shifo maskanlari, turar-joy binolari, bog‘lar barpo etilgan. Paxtachilik, chorvachilik rivojlangan, tumanda etuk kadrlar tarbiyalash va joyiga qo‘yish masalasiga alohida ahamiyat berilgan. Yo‘ldoshali Qo‘ldoshevning ko‘p yillik mehnatlari uchun Lenin, Mehnat qizil bayroq, «Hurmat belgisi» ordenlari, medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
(1934, Поп тумани, Санг қишлоғи) — олим-агроном, раҳбар ходим. Уйчи туманида (1954-55), Задарё тумани «Гулоб» давлат хўжалигида агроном (1955-59), ишчилар қўмитаси раиси (1959-62), бош статист (1962-63); меҳнатни режалаштириш бўйича муҳандис (1963-64), Задарё туман фирқа қўмитасида йўриқчи (1964-68), туман қишлоқ хўжалиги бошқармаси бошлиғи (1968-74), Навоий номли (1974-75), «Гигант» (1975-78) жамоа хўжаликлари бошқаруви раиси вазифаларида ишлади. 1978-85 йилларда Учқўрғон тумани фирқа қўмитасининг биринчи котиби. Сўнгра Поп тумани «Правда» жамоа хўжалиги раиси (1985-86), туман СФК бошлиғи (1986-91), агросаноат уюшмаси раиси (1991-92), «Поп» давлат хўжалиги (1994 йилдан ширкатлар уюшмаси) директори (1992-94) бўлиб хизмат қилди. Ҳозир Поп тумани фахрийлар кенгашининг раиси. Йўлдошали Қўлдошев вилоятда қишлоқ хўжалигини ривожлантиришга катта ҳисса қўшган етук мутахассис, тажрибали ташкилотчи сифатида маълум. У Учқўрғон туманига раҳбарлик қилган пайтлар Норин дарёси бўйидаги чойхона — ресторан, шу манзилдан Қирғиз бозорига олиб борувчи йўл, темир йўл усти кўприги, шаҳар маданият саройи, дон маҳсулотлари корхонаси, ўнлаб маъмурий бино, мактаб, ёғ заводи, сув иншоотлари тизими, клублар, шифо масканлари, турар-жой бинолари, боғлар барпо этилган. Пахтачилик, чорвачилик ривожланган, туманда етук кадрлар тарбиялаш ва жойига қўйиш масаласига алоҳида аҳамият берилган. Йўлдошали Қўлдошевнинг кўп йиллик меҳнатлари учун Ленин, Меҳнат қизил байроқ, «Ҳурмат белгиси» орденлари, медаллар ва фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.