YO‘LChIBOY MADAMINOVЙЎЛЧИБОЙ МАДАМИНОВ
1920, Yashiq qishlog‘i — 1979, Uchqo‘rg‘on shahri1920, Яшиқ қишлоғи — 1979, Учқўрғон шаҳри
(1920, Yashiq qishlog‘i — 1979, Uchqo‘rg‘on shahri) — iqtisodchi. Mehnat faoliyatini Yashiq paxta tayyorlash korxonasida ishchilikdan boshlagan. 1937-42 yillarda «Yashiqobod» (sobiq Lenin nomli) jamoa xo‘jaligida kolxozchi. 1942-43 yillarda armiya safida. Mehnat frontida xizmat qilgan. Xastaligi tufayli armiyadan qaytib, 1943-45 yillarda Kirov qishloq kengashida kotiblik qilgan. 1946 yildan bank tizimida. Qishloq xo‘jaligi banki vakili (1959 yilgacha), Davlat banki Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshqaruvchisining muovini (1959-68), boshqaruvchisi (1968-79). Yo‘lchiboy Madaminov «Shavkatli mehnati uchun» medali va «Davlat banki a’lochisi» nishoni bilan taqdirlangan mohir iqtisodchi, tumanda bank xodimlariga ustozlik qilgan murabbiy, xo‘jalik, ayniqsa, qishloq xo‘jaligini moliyaviy ta’minlashda samarali mehnat qilgan inson edi. Uning bevosita rahbarligida Uchqo‘rg‘on shahrida zamonaviy bank binosi qurilgan. Yo‘lchiboy Madaminov «Birodarlik» qabristoniga dafn etilgan.
(1920, Яшиқ қишлоғи — 1979, Учқўрғон шаҳри) — иқтисодчи. Меҳнат фаолиятини Яшиқ пахта тайёрлаш корхонасида ишчиликдан бошлаган. 1937-42 йилларда «Яшиқобод» (собиқ Ленин номли) жамоа хўжалигида колхозчи. 1942-43 йилларда армия сафида. Меҳнат фронтида хизмат қилган. Хасталиги туфайли армиядан қайтиб, 1943-45 йилларда Киров қишлоқ кенгашида котиблик қилган. 1946 йилдан банк тизимида. Қишлоқ хўжалиги банки вакили (1959 йилгача), Давлат банки Учқўрғон туман бўлими бошқарувчисининг муовини (1959-68), бошқарувчиси (1968-79). Йўлчибой Мадаминов «Шавкатли меҳнати учун» медали ва «Давлат банки аълочиси» нишони билан тақдирланган моҳир иқтисодчи, туманда банк ходимларига устозлик қилган мураббий, хўжалик, айниқса, қишлоқ хўжалигини молиявий таъминлашда самарали меҳнат қилган инсон эди. Унинг бевосита раҳбарлигида Учқўрғон шаҳрида замонавий банк биноси қурилган. Йўлчибой Мадаминов «Биродарлик» қабристонига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.