UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

KAMOL MIRZAHMEDOVКАМОЛ МИРЗАҲМЕДОВ

1913, Yangiqo‘rg‘on — 9. 07. 1969, Qo‘g‘ay1913, Янгиқўрғон — 9. 07. 1969, Қўғай

◎
(1913, Yangiqo‘rg‘on — 9. 07. 1969, Qo‘g‘ay) — mexanik-muhandis. Uchqo‘rg‘on 2-MTSida mexanik (1936-42), ustaxona mudiri (1942-44), nazoratchi (1944-45) bo‘lib ishlagan. 1946-54 yillarda mexanizator, chorvachilik mexanigi, MTSning bosh muhandisi (1954-56, 1959-61), direktor (1956-59), «Yashiqobod» jamoa xo‘jaligida muhandis (1961-64), «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida ustaxona mudiri (1965-68), bosh muhandis (1968-69) vazifalarida xizmat qilgan. Texnika ustasi, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnika yutuqlarini joriy qilish tashkilotchilaridan. «Mehnat qizil bayroq» ordeni, «Shavkatli mehnati uchun» medali, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Qabri Qo‘g‘ay qabristonida.
(1913, Янгиқўрғон — 9. 07. 1969, Қўғай) — механик-муҳандис. Учқўрғон 2-МТСида механик (1936-42), устахона мудири (1942-44), назоратчи (1944-45) бўлиб ишлаган. 1946-54 йилларда механизатор, чорвачилик механиги, МТСнинг бош муҳандиси (1954-56, 1959-61), директор (1956-59), «Яшиқобод» жамоа хўжалигида муҳандис (1961-64), «Учқўрғон» давлат хўжалигида устахона мудири (1965-68), бош муҳандис (1968-69) вазифаларида хизмат қилган. Техника устаси, қишлоқ хўжалигига замонавий техника ютуқларини жорий қилиш ташкилотчиларидан. «Меҳнат қизил байроқ» ордени, «Шавкатли меҳнати учун» медали, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Қабри Қўғай қабристонида.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.