KARIMA YO‘LDOShEVAКАРИМА ЙЎЛДОШЕВА
14. 02. 1943, Uchqo‘rg‘on shahri14. 02. 1943, Учқўрғон шаҳри
(14. 02. 1943, Uchqo‘rg‘on shahri) — olim-agronom. Mehnat faoliyatini «Moskva» jamoa xo‘jaligida uchastka agronomligidan boshlagan. Tuman komsomol qo‘mitasida 2-kotib (1964-69), shahar ijroqo‘mining raisi (1969-72), tuman firqa qo‘mitasida yo‘riqchi (1972-82), tuman soveti ijroqo‘mi raisi o‘rinbosari (1982-88), «Hamza» qishloq kengashi raisasi (1988-90), mahsulot xarid qilish inspeksiyasida inspektor (1990-92), iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boshqarmasi iqtisodchi (1992-94) kabi vazifalarda ishlagan. 1995 yildan Uchqo‘rg‘on shahar xotin-qizlar qo‘mitasining raisasi bo‘lib ishlab kelmoqda. «Shavkatli mehnati uchun» va boshqa medallar, hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Uchqo‘rg‘on shahri temir yo‘li orqali suv chiqarish, ko‘chalarini asfaltlash, tibbiyot, madaniyat sohalaridagi ulkan o‘zgarishlarning tashkilotchilaridan. Karima Yo‘ldosheva shuningdek jamoa xo‘jaligidagi bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish, ko‘plab maktab, tibbiyot shoxobchalari qurishda bosh-qosh bo‘lgan tashabbuskor, ishchan rahbar, mohir mutaxassis.
(14. 02. 1943, Учқўрғон шаҳри) — олим-агроном. Меҳнат фаолиятини «Москва» жамоа хўжалигида участка агрономлигидан бошлаган. Туман комсомол қўмитасида 2-котиб (1964-69), шаҳар ижроқўмининг раиси (1969-72), туман фирқа қўмитасида йўриқчи (1972-82), туман совети ижроқўми раиси ўринбосари (1982-88), «Ҳамза» қишлоқ кенгаши раисаси (1988-90), маҳсулот харид қилиш инспекциясида инспектор (1990-92), иқтисодиётни мувофиқлаштириш ва статистика бошқармаси иқтисодчи (1992-94) каби вазифаларда ишлаган. 1995 йилдан Учқўрғон шаҳар хотин-қизлар қўмитасининг раисаси бўлиб ишлаб келмоқда. «Шавкатли меҳнати учун» ва бошқа медаллар, ҳамда фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Учқўрғон шаҳри темир йўли орқали сув чиқариш, кўчаларини асфальтлаш, тиббиёт, маданият соҳаларидаги улкан ўзгаришларнинг ташкилотчиларидан. Карима Йўлдошева шунингдек жамоа хўжалигидаги болалар боғчалари сонини кўпайтириш, кўплаб мактаб, тиббиёт шохобчалари қуришда бош-қош бўлган ташаббускор, ишчан раҳбар, моҳир мутахассис.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.