KARIMAXON NURMATOVAКАРИМАХОН НУРМАТОВА
15. 05. 1922, Yorqinboychek15. 05. 1922, Ёрқинбойчек
(15. 05. 1922, Yorqinboychek) — muallima, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1974). Namangan shahar pedagogika texnikumini bitirgan (1954). Mehnat faoliyatini «Leninchi» jamoa xo‘jaligida tabelchilikdan boshlagan. 1943-45 yillarda tumandagi 18-maktabda o‘qituvchi, 1945-51 yillarda bolalar bog‘chasi mudirasi, 1951 yildan to 1975 yilgacha boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Hukumatning qator medallari va faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan. Karimaxon Nurmatova bolalarning mehribon murabbiysi, kamtarin, zahmatkash, fidokor muallima sifatida shuhrat qozongan.
(15. 05. 1922, Ёрқинбойчек) — муаллима, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ўқитувчи (1974). Наманган шаҳар педагогика техникумини битирган (1954). Меҳнат фаолиятини «Ленинчи» жамоа хўжалигида табелчиликдан бошлаган. 1943-45 йилларда тумандаги 18-мактабда ўқитувчи, 1945-51 йилларда болалар боғчаси мудираси, 1951 йилдан то 1975 йилгача бошланғич синф ўқитувчиси. Ҳукуматнинг қатор медаллари ва фахрий ёрлиқлари билан мукофотланган. Каримахон Нурматова болаларнинг меҳрибон мураббийси, камтарин, заҳматкаш, фидокор муаллима сифатида шуҳрат қозонган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.