KOMILJON MIRZARAHIMOVКОМИЛЖОН МИРЗАРАҲИМОВ
1923, Uchqo‘rg‘on shahri1923, Учқўрғон шаҳри
(1923, Uchqo‘rg‘on shahri) — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, mehnat qahramoni. Toshkent viloyati Bekobod tumani «Dalvarzin» davlat xo‘jaligida traktorchi bo‘lib ishlagan, 1942-43 yillarda Stalingrad janglarida qatnashgan. 1943-54 yillarda «Dalvarzinda» zveno va brigada boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i (1956-65), ishchilar qo‘mitasi raisi (1965-68), Bekobod tumani «Kommunizm» jamoa xo‘jaligida bosh agronom, partqo‘mita kotibi (1968-72), «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida agronom (1974-78), Shon-shuhrat uyi metodisti (1978-91) bo‘lib ishlagan. Paxtachilikdan yuqori hosil etishtirishdagi xizmatlari uchun «Lenin» (2 ta), «Shuhrat» ordenlari va medallar bilan, urushdagi jasoratlari uchun «Ulug‘ Vatan urushi» ordeni bilan mukofotlangan.
(1923, Учқўрғон шаҳри) — Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор, меҳнат қаҳрамони. Тошкент вилояти Бекобод тумани «Далварзин» давлат хўжалигида тракторчи бўлиб ишлаган, 1942-43 йилларда Сталинград жангларида қатнашган. 1943-54 йилларда «Далварзинда» звено ва бригада бошлиғи, бўлим бошлиғи (1956-65), ишчилар қўмитаси раиси (1965-68), Бекобод тумани «Коммунизм» жамоа хўжалигида бош агроном, партқўмита котиби (1968-72), «Учқўрғон» давлат хўжалигида агроном (1974-78), Шон-шуҳрат уйи методисти (1978-91) бўлиб ишлаган. Пахтачиликдан юқори ҳосил етиштиришдаги хизматлари учун «Ленин» (2 та), «Шуҳрат» орденлари ва медаллар билан, урушдаги жасоратлари учун «Улуғ Ватан уруши» ордени билан мукофотланган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.