LATIFJON OTAXONOVЛАТИФЖОН ОТАХОНОВ
Tug‘ilgan sana: 19521952
(1952, Qo‘g‘ay) — olim-zootexnik, rahbar xodim. Maktabni bitirgach (1969), «Uchqo‘rg‘on» jamoa xo‘jaligida chilangar bo‘lib ishlagan. 1975 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini bitirdi. «Uchqo‘rg‘on» davlat xo‘jaligida seleksioner-zootexnik (1975), «Ulug‘bek» jamoa xo‘jaligida bosh zootexnik (1976-85), tuman agrosanoati uyushmasi raisi muovini (1985-87), viloyat agrosanoat uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari (1987-94) vazifalarida xizmat qildi. 1994 yildan Uchqo‘rg‘on tumani hokimi. Viloyatda va tumanda jamoa chorvachiligini rivojlantirish, chorva hayvonlari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirishda katta xizmatlari bilan obro‘-e’tibor topgan. Tuman hokimi sifatida qishloq xo‘jaligi, sanoat, maorif-madaniyat taraqqiyoti iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq etish, davr qo‘yayotgan ijtimoiy muammolarni ijobiy hal etish va boshqa sohalarga izchil rahbarlik qilmoqda.
(1952, Қўғай) — олим-зоотехник, раҳбар ходим. Мактабни битиргач (1969), «Учқўрғон» жамоа хўжалигида чилангар бўлиб ишлаган. 1975 йилда Самарқанд қишлоқ хўжалиги институтини битирди. «Учқўрғон» давлат хўжалигида селекционер-зоотехник (1975), «Улуғбек» жамоа хўжалигида бош зоотехник (1976-85), туман агросаноати уюшмаси раиси муовини (1985-87), вилоят агросаноат уюшмаси раисининг биринчи ўринбосари (1987-94) вазифаларида хизмат қилди. 1994 йилдан Учқўрғон тумани ҳокими. Вилоятда ва туманда жамоа чорвачилигини ривожлантириш, чорва ҳайвонлари бош сонини кўпайтириш, маҳсулдорлигини оширишда катта хизматлари билан обрў-эътибор топган. Туман ҳокими сифатида қишлоқ хўжалиги, саноат, маориф-маданият тараққиёти иқтисодий ислоҳотларни ҳаётга тадбиқ этиш, давр қўяётган ижтимоий муаммоларни ижобий ҳал этиш ва бошқа соҳаларга изчил раҳбарлик қилмоқда.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.