UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

MAMAJON SOTIVOLDIEVМАМАЖОН СОТИВОЛДИЕВ

1929-73, Qozoqovul qishlog‘i1929-73, Қозоқовул қишлоғи

МАМАЖОН СОТИВОЛДИЕВ
(1929-73, Qozoqovul qishlog‘i) — qishloq xo‘jaligi iqtisodchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor (1964). Tumandagi 11-maktabda o‘qituvchilik qilgan (1941 yildan), «Andijon» jamoa xo‘jaligida chorva fermasi hisobchisi (1951-53), rais o‘rinbosari (1953-55). Lenin nomli jamoa xo‘jaligi 4, 5, 1-bo‘limlari boshlig‘i (1955-69), «Andijon» jamoa xo‘jaligi boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan (1969-73). Jamoa paxtachiligini rivojlantirish, xo‘jalik a’zolari turmush madaniyatini oshirish, qishloqlarni obodonlashtirishdagi ko‘p yillik xizmatlari «Oktyabr inqilobi» ordeni, medallar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Mamajon Sotivoldiev «Qozoqovul» qabristoniga dafn etilgan.
(1929-73, Қозоқовул қишлоғи) — қишлоқ хўжалиги иқтисодчиси, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган пахтакор (1964). Тумандаги 11-мактабда ўқитувчилик қилган (1941 йилдан), «Андижон» жамоа хўжалигида чорва фермаси ҳисобчиси (1951-53), раис ўринбосари (1953-55). Ленин номли жамоа хўжалиги 4, 5, 1-бўлимлари бошлиғи (1955-69), «Андижон» жамоа хўжалиги бошқарув раиси бўлиб ишлаган (1969-73). Жамоа пахтачилигини ривожлантириш, хўжалик аъзолари турмуш маданиятини ошириш, қишлоқларни ободонлаштиришдаги кўп йиллик хизматлари «Октябрь инқилоби» ордени, медаллар, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Мамажон Сотиволдиев «Қозоқовул» қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.