UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

MAHMUDJON MIRZABOEVМАҲМУДЖОН МИРЗАБОЕВ

17. 11. 1944, Norin tumani, Norinkapa qishlog‘i17. 11. 1944, Норин тумани, Норинкапа қишлоғи

МАҲМУДЖОН МИРЗАБОЕВ
(17. 11. 1944, Norin tumani, Norinkapa qishlog‘i) — olim-agronom, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi. Uchqo‘rg‘on tumani sobiq Lenin nomli davlat xo‘jaligida agronom (1968-69), bo‘lim boshqaruvchisi (1969-72), katta agronom (1972-73), tuman qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh agronomi (1973-79), Norin tumani qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i (1979-81), viloyat firqa qo‘mitasida yo‘riqchi (1981-82), Uchqo‘rg‘on tumani ijroqo‘mi raisi (1982-83), Norin (1983-88), Uychi tumani firqa qo‘mitasining 1-kotibi (1988), Norin tumani «O‘zbekiston» jamoa xo‘jaligi agronomi (1988-89), «G‘alaba» jamoa xo‘jaligi raisi (1989-91), viloyat qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish birlashmasi raisi (1991-94), viloyat agrosanoat uyushmasi raisi (1994 yildan) vazifalarida ishlagan. Mahmudjon Mirzaboev Uchqo‘rg‘onda paxta etishtirish, paxta terimida mexanizasiyani joriy etish, Norin tumani qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qator sanoat korxonalarini qurib ishga tushirish, maishiy-ijtimoiy masalalarni ijobiy hal etish, sport taraqqiyoti, viloyat xo‘jaliklarini turli mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, biologik uslublarni joriy etish, ilg‘or fan-texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshida turgan tajribali tashkilotchidir. «Hurmat belgisi» ordeni, Oliy kengashning faxriy yorliqlari (2 marta) bilan mukofotlangan.
(17. 11. 1944, Норин тумани, Норинкапа қишлоғи) — олим-агроном, қишлоқ хўжалиги фанлари номзоди. Учқўрғон тумани собиқ Ленин номли давлат хўжалигида агроном (1968-69), бўлим бошқарувчиси (1969-72), катта агроном (1972-73), туман қишлоқ хўжалиги бошқармаси бош агрономи (1973-79), Норин тумани қишлоқ хўжалиги бошқармаси бошлиғи (1979-81), вилоят фирқа қўмитасида йўриқчи (1981-82), Учқўрғон тумани ижроқўми раиси (1982-83), Норин (1983-88), Уйчи тумани фирқа қўмитасининг 1-котиби (1988), Норин тумани «Ўзбекистон» жамоа хўжалиги агрономи (1988-89), «Ғалаба» жамоа хўжалиги раиси (1989-91), вилоят қишлоқ хўжалигини кимёлаштириш бирлашмаси раиси (1991-94), вилоят агросаноат уюшмаси раиси (1994 йилдан) вазифаларида ишлаган. Маҳмуджон Мирзабоев Учқўрғонда пахта етиштириш, пахта теримида механизацияни жорий этиш, Норин тумани қишлоқ хўжалигини ривожлантириш, қатор саноат корхоналарини қуриб ишга тушириш, маиший-ижтимоий масалаларни ижобий ҳал этиш, спорт тараққиёти, вилоят хўжаликларини турли минерал ўғитларга бўлган эҳтиёжини қондириш, биологик услубларни жорий этиш, илғор фан-техника янгиликларини ишлаб чиқаришга татбиқ қилиш, қишлоқ хўжалигида иқтисодий ислоҳотларни амалга ошириш бошида турган тажрибали ташкилотчидир. «Ҳурмат белгиси» ордени, Олий кенгашнинг фахрий ёрлиқлари (2 марта) билан мукофотланган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.