UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

MELIBOY NAZAROVМЕЛИБОЙ НАЗАРОВ

29. 05. 1923, Farg‘ona viloyati, Kirov tumani, Dehqonto‘da qishlog‘i — 22.03.1988, Kattamo‘g‘ul29. 05. 1923, Фарғона вилояти, Киров тумани, Деҳқонтўда қишлоғи — 22.03.1988, Каттамўғул

МЕЛИБОЙ НАЗАРОВ
(29. 05. 1923, Farg‘ona viloyati, Kirov tumani, Dehqonto‘da qishlog‘i — 22.03.1988, Kattamo‘g‘ul) — agronom-iqtisodchi, «O‘zbekiston» jamoa xo‘jaligida bosh tabelchi, hisobchi yordamchisi, tuman tayyorlov korxonasi inspektori (1941-44), hisobchilar maktabini bitirgach (1947), «O‘zbekiston» Oxunboboev nomli va «Leningrad» jamoa xo‘jaligida agronom, bosh hisobchi bo‘lib ishlagan (1948-53), so‘ngra «Komsomol» (1953-56), Ulug‘bek nomli (1956-71), «O‘zbekiston» (1971-76) jamoa xo‘jaligida boshqaruv raisi, Qo‘g‘ayo‘lmas qishloq sho‘rosi raisi (1978-86) vazifalarida xizmat qilgan. Ko‘p yillik mehnatlari «Lenin», «Hurmat belgisi», Mehnat Qizil bayrog‘i, «Oktyabr inqilobi» ordenlari, medallar va boshqalar bilan taqdirlangan. 2 marta Oliy kengashga noib etib saylangan. Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni rivojlantirish, paxtachilik taraqqiyotida ko‘p yillik salmoqli hissasi bor. Kattamo‘g‘ul qabristoniga dafn etilgan.
(29. 05. 1923, Фарғона вилояти, Киров тумани, Деҳқонтўда қишлоғи — 22.03.1988, Каттамўғул) — агроном-иқтисодчи, «Ўзбекистон» жамоа хўжалигида бош табелчи, ҳисобчи ёрдамчиси, туман тайёрлов корхонаси инспектори (1941-44), ҳисобчилар мактабини битиргач (1947), «Ўзбекистон» Охунбобоев номли ва «Ленинград» жамоа хўжалигида агроном, бош ҳисобчи бўлиб ишлаган (1948-53), сўнгра «Комсомол» (1953-56), Улуғбек номли (1956-71), «Ўзбекистон» (1971-76) жамоа хўжалигида бошқарув раиси, Қўғайўлмас қишлоқ шўроси раиси (1978-86) вазифаларида хизмат қилган. Кўп йиллик меҳнатлари «Ленин», «Ҳурмат белгиси», Меҳнат Қизил байроғи, «Октябрь инқилоби» орденлари, медаллар ва бошқалар билан тақдирланган. 2 марта Олий кенгашга ноиб этиб сайланган. Қишлоқ хўжалигида ҳосилдорликни ривожлантириш, пахтачилик тараққиётида кўп йиллик салмоқли ҳиссаси бор. Каттамўғул қабристонига дафн этилган.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.