ABDUVALI RAHMATULLAEVАБДУВАЛИ РАҲМАТУЛЛАЕВ
1926 — 03. 1995, Qo‘g‘ay1926 — 03. 1995, Қўғай
◎(1926 — 03. 1995, Qo‘g‘ay) — paxtakor, 1941 yilda tumandagi 22-maktabning 7-sinfini bitirib, «Qizil ketmon» jamoa xo‘jaligida tabelchi, bosh tabelchi, hisobchi vazifalarida ishlagan. 1963 yildan to umrining oxirigacha, 31 yil mobaynida «Qo‘g‘ay» shirkatlar uyushmasida paxtachilik brigadasi boshlig‘i bo‘lib mehnat qildi. Paxtachilik taraqqiyoti, yuqori hosil etishtirishda katta xizmatlari bor. U boshliq jamoa paxta rejalarini muntazam ortig‘i bilan bajarar, viloyatda mashhur edi. Lenin, Mehnat qizil bayroq ordenlari, medallar, XXYuK diplomlari, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. «Qizil ketmon» mahallasidagi qabristonga dafn etilgan.
(1926 — 03. 1995, Қўғай) — пахтакор, 1941 йилда тумандаги 22-мактабнинг 7-синфини битириб, «Қизил кетмон» жамоа хўжалигида табелчи, бош табелчи, ҳисобчи вазифаларида ишлаган. 1963 йилдан то умрининг охиригача, 31 йил мобайнида «Қўғай» ширкатлар уюшмасида пахтачилик бригадаси бошлиғи бўлиб меҳнат қилди. Пахтачилик тараққиёти, юқори ҳосил етиштиришда катта хизматлари бор. У бошлиқ жамоа пахта режаларини мунтазам ортиғи билан бажарар, вилоятда машҳур эди. Ленин, Меҳнат қизил байроқ орденлари, медаллар, ХХЮК дипломлари, фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. «Қизил кетмон» маҳалласидаги қабристонга дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.