MIRUSMON SATTOROVМИРУСМОН САТТОРОВ
01. 07. 1914 Kattamo‘g‘ul01. 07. 1914 Каттамўғул
(01. 07. 1914 Kattamo‘g‘ul) — iqtisodchi, xo‘jalik tashkilotchisi. 1930 yildan jamoa xo‘jaligi a’zosi. 1933 yildan «Agronom» jamoa xo‘jaligida hisobchi, so‘ngra «Jamiyat» jamoa xo‘jaligida boshqaruv raisi (1943-53). Telman nomli, Oxunboboev nomli jamoa xo‘jaliklarida (1953-60), Lenin nomli jamoa xo‘jaligida (1960-70), Qo‘g‘ay paxta zavodida (1970-76) iqtisodchi, bosh hisobchi bo‘lib ishlagan. 1976 yildan mehnat faxriysi. «Shavkatli mehnati uchun», «Mustaqillik», «Shuhrat» medallariga sazovor bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini mustahkamlash, rivojlantirishda katta xizmatlari bor, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan ustoz.
(01. 07. 1914 Каттамўғул) — иқтисодчи, хўжалик ташкилотчиси. 1930 йилдан жамоа хўжалиги аъзоси. 1933 йилдан «Агроном» жамоа хўжалигида ҳисобчи, сўнгра «Жамият» жамоа хўжалигида бошқарув раиси (1943-53). Телман номли, Охунбобоев номли жамоа хўжаликларида (1953-60), Ленин номли жамоа хўжалигида (1960-70), Қўғай пахта заводида (1970-76) иқтисодчи, бош ҳисобчи бўлиб ишлаган. 1976 йилдан меҳнат фахрийси. «Шавкатли меҳнати учун», «Мустақиллик», «Шуҳрат» медалларига сазовор бўлган. Қишлоқ хўжалиги иқтисодиётини мустаҳкамлаш, ривожлантиришда катта хизматлари бор, кўплаб шогирдлар тарбиялаган устоз.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.