UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

NASRIDDIN OXUNJONOVНАСРИДДИН ОХУНЖОНОВ

10. 08. 1940, Uchqo‘rg‘on shahri10. 08. 1940, Учқўрғон шаҳри

НАСРИДДИН ОХУНЖОНОВ
(10. 08. 1940, Uchqo‘rg‘on shahri) — muallim, xalq maorifi a’lochisi. 1958-59 yillarda 6, 1966-68 yillarda 8-maktablarda o‘qituvchi, xalq ta’limi bo‘limida uslubchi va uslubiy markaz rahbari. Uchqo‘rg‘on shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri (1978 yildan) bo‘lib ishlagan. Medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Uchqo‘rg‘on shahar xalq ta’limiga boshchilik qilgan davrida bu tashkilot moddiy bazasi mustahkamlandi, malakali mutaxassislar soni ortdi. Bo‘lim respublika va viloyat musobaqalarida bir necha bor sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
(10. 08. 1940, Учқўрғон шаҳри) — муаллим, халқ маорифи аълочиси. 1958-59 йилларда 6, 1966-68 йилларда 8-мактабларда ўқитувчи, халқ таълими бўлимида услубчи ва услубий марказ раҳбари. Учқўрғон шаҳар халқ таълими бўлими мудири (1978 йилдан) бўлиб ишлаган. Медал ва фахрий ёрлиқлар билан тақдирланган. Учқўрғон шаҳар халқ таълимига бошчилик қилган даврида бу ташкилот моддий базаси мустаҳкамланди, малакали мутахассислар сони ортди. Бўлим республика ва вилоят мусобақаларида бир неча бор совринли ўринларни эгаллашга муваффақ бўлди.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.