NIKOLAY ANDREEVНИКОЛАЙ АНДРЕЕВ
1911, Xovos — 1975, Samarqand1911, Ховос — 1975, Самарқанд
◎(1911, Xovos — 1975, Samarqand) — hisobchi-iqtisodchi. Farg‘ona viloyati Quva tumanida hisobchi (1930-37), Uchqo‘rg‘on tumani jamoa xo‘jalik boshqarmasida hisobchi-yo‘riqchi (1937-41 va 1946-55) bo‘lib ishlagan. 1941 yilda harbiy xizmatga chaqirilgan. 1946 yilgacha nemis va yapon bosqinchilariga qarshi urushda ishtirok etdi. 1955 yildan umrining oxirigacha «Qo‘chqorota» jamoa xo‘jaligida iqtisodchi. Tuman xo‘jaliklarini yiriklashtirish, ularni iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodni zamonaviy hisob asosiga ko‘chirish va boshqa sohalarda uzoq yil samarali mehnat qilgan. Frontdagi jasoratlari va tinchlik davridagi mehnatlari uchun «Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun» medali, «Hurmat belgisi» ordeni va medallar bilan taqdirlangan. Samarqand shahriga dafn etilgan.
(1911, Ховос — 1975, Самарқанд) — ҳисобчи-иқтисодчи. Фарғона вилояти Қува туманида ҳисобчи (1930-37), Учқўрғон тумани жамоа хўжалик бошқармасида ҳисобчи-йўриқчи (1937-41 ва 1946-55) бўлиб ишлаган. 1941 йилда ҳарбий хизматга чақирилган. 1946 йилгача немис ва япон босқинчиларига қарши урушда иштирок этди. 1955 йилдан умрининг охиригача «Қўчқорота» жамоа хўжалигида иқтисодчи. Туман хўжаликларини йириклаштириш, уларни иқтисодий ривожлантириш, иқтисодни замонавий ҳисоб асосига кўчириш ва бошқа соҳаларда узоқ йил самарали меҳнат қилган. Фронтдаги жасоратлари ва тинчлик давридаги меҳнатлари учун «Германия устидан қозонилган ғалаба учун» медали, «Ҳурмат белгиси» ордени ва медаллар билан тақдирланган. Самарқанд шаҳрига дафн этилган.
Fikr va xotiralar
Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.
Hozircha fikr yozilmagan.