UUchqo‘rg‘on tarixiXalq xotirasi raqamli arxivi
⌕

NOZIMJON TOJIAHMEDOVНОЗИМЖОН ТОЖИАҲМЕДОВ

15. 05. 1928, Uchqo‘rg‘on15. 05. 1928, Учқўрғон

НОЗИМЖОН ТОЖИАҲМЕДОВ
(15. 05. 1928, Uchqo‘rg‘on) — muallim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi. Tumandagi 8-o‘rta maktabda o‘qituvchi, direktor (1953-56), tuman xalq maorifi bo‘limi mudiri (1956-58, 1963-67), «Norin» pilla xo‘jaligi firqa qo‘mitasi kotibi (1958-62), viloyat xalq maorifi bo‘limi mudiri (1963-78), viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti direktori (1978-88) bo‘lib ishlagan. Tumanda va viloyatda ta’lim va tarbiya ishlarini takomillashtirish, maktab va bog‘cha qurilishlari, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning tashkilotchilaridan. U rahbarlik qilgan yillari viloyat maorifchilari ish yakunlari bo‘yicha respublikada oldingi o‘rinlarni egallab turgan, bir necha marotaba musobaqa g‘olibi bayrog‘ini qo‘lga kiritgan edi. Nozimjon Tojiahmedov «Mehnat Qizil bayroq», «Hurmat belgisi» ordeni, medallar, faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan. Hozir viloyat xalq ta’limi faxriylar uyushmasining raisi.
(15. 05. 1928, Учқўрғон) — муаллим, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган ўқитувчи. Тумандаги 8-ўрта мактабда ўқитувчи, директор (1953-56), туман халқ маорифи бўлими мудири (1956-58, 1963-67), «Норин» пилла хўжалиги фирқа қўмитаси котиби (1958-62), вилоят халқ маорифи бўлими мудири (1963-78), вилоят ўқитувчилар малакасини ошириш институти директори (1978-88) бўлиб ишлаган. Туманда ва вилоятда таълим ва тарбия ишларини такомиллаштириш, мактаб ва боғча қурилишлари, уларнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлашнинг ташкилотчиларидан. У раҳбарлик қилган йиллари вилоят маорифчилари иш якунлари бўйича республикада олдинги ўринларни эгаллаб турган, бир неча маротаба мусобақа ғолиби байроғини қўлга киритган эди. Нозимжон Тожиаҳмедов «Меҳнат Қизил байроқ», «Ҳурмат белгиси» ордени, медаллар, фахрий ёрлиқлар билан мукофотланган. Ҳозир вилоят халқ таълими фахрийлар уюшмасининг раиси.

Fikr va xotiralar

Bu inson haqida bilganingiz yoki xotirangizni yozib qoldiring.

Hozircha fikr yozilmagan.